PARHEZSIZ PARHEZ TUTISHNING 10 TA USULI

Doktor Stiven Xouksning so’zlariga ko’ra organizmni qiynab parhyez tutish kerak emas va har bir inson o’z ovqatlanish tartibini tuzib olib, unga doimiy amal qilmog’i lozim. Chunki Stivenning o’zi ham bir necha yillar parhez tutgan, ammo natija bo’lmagan, faqatgina o’zi ishlab chiqqan ichki hissiyot – ozish metodikasi bilan 22 kg. ga ozishga erishdi va bu natijani haligacha saqlab turibdi.

Intiutiv ravishda parhyez tutish odatiy parhyezdan farq qiladi. Chunki odatiy parhyezda ayrim taomlardan, mahsulotlardan voz kechishimizga to’g’ri keladi.Organizmimiz talab qilgan oziq ovqatlarni esa umuman iste’mol qilmaslikka ham to’g’ri keladi. Intiutiv parhyez esa aksincha organizm nimani istasa ana shu taomni tanvvul qilish kerak degan fikrni ilgari suradi. Chunki inson organizmi o’zi uchun nima kerakligini juda yaxshi biladi.

Parhezdan voz keching.

Tan olish kerakki, har qanday ko’rinishdagi parhyez inson sog’lig’i uchun zararli. Parhyez tutish va u bilan bog’liq barcha kitob, jurnal va gazetalarni o’qishni bas qiling. Intiutiv parhyez sizga ulardan ko’ra rostdan yordam berishiga ishoning.

Qorningiz och qolganda uni eshiting.

Tanangiz uchun zarur kuch va uglevodlardan iborat taomlarni iste’mol qiling. hech qachon uni haddan ortiq och qo’ymang. Tanangiz uchun kerakli oziq moddalar bilan do’stlashing.

Ovqatlanishingizni aniq tartibga olishni bas qiling.

Ichingizdan “Bugun shokoladli tort yema, manti tanovul qilma, xamir!”, degan ovozlarga “YO’Q”, deb javob bering. Intiutiv parhyez tutishni bugundan boshlang.

Ovqat bilan “do’stlashing”!

Semirtiradigan mahsulotlarni ham keragicha tanovul qiling. Semirdim, semirayapman, ozishim kerak, degan fikrlardan voz keching. Dugonangiz sizdan ozg’in bo’lsa, siz ham xuddi shu kg. ga yetishingiz kerak degan emas.

Taomdan qoniqish hissini tuying.

Qorningizni hamisha to’q saqlang. Bu sog’ligingiz uchun ham foydali, tartibli va kaloriyaga boy taomlarni iste’mol qilish har xil kasalliklarni oldini oladi. Ammo agar qorningizni 10 ballik hisobda to’yadi deb hisoblasak, 5-6 ballik taomni iste’mol qilganingizdan so’ng, likopchangizda taom qolsa ham, ovqat yeyishni bas qiling. Bundan ortiq balli taom sizga og’irlik qiladi.

O’z sog’lig’ingizni hurmat qiling.

O’zingiz va salomatligingiz uchun eng kerakli taomlarni, mahsulotlarni kunlik ovqatlanish tartibingiz ro’yxatiga kiriting. Ozish uchun emas, salomatligingiz uchun, hamisha sog’lom bo’lish uchun parhez tuting.